ESKATO bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi
Joriy yilning 5-6 iyun kunlari Toshkent shahrida Birlаshgan millatlar tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi (ESKATO) bilan hamkorlikda “Shahar jamoat transporti tizimlari integratsiyasi va raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha" O‘zbekiston Respublikasi milliy seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma xodimi G'.Yashinov ishtirok etib, Buxoro shahrida jamoat transportini rivojlantirishning oldinda turgan dolzarb masalalari to'g'risida ma'ruza qildi.
Seminar doirasida shahar jamoat transporti tizimlarining umumiy barqarorligini yaxshilash uchun raqamli texnologiyalarni integratsiyalash va qo‘llash muhimligi, integratsiyalashgan shahar jamoat transporti tizimlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va ilg‘or tajribalar, shuningdek, O‘zbekistonning yirik shaharlarida barqaror shahar jamoat transporti tizimlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha tajribalarini almashish masalalari muhokama etildi va tomonlar hamkorlikda ish olib borishga kelishib olishdi.