Sayyor qabul o'tkazildi

13.07.2024

Bugun, 13 iyul kuni boshqarma boshlig‘i Faxriddin Rajabov aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, ularni qiynab kelayotgan mavjud aniqlab, tezkorlik bilan bartaraf etish  maqsadida Qorako‘l tumanida fuqarolar sayyor qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolarni transport sohasida qiynab kelayotgan muammolar batafsil o‘rganildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar keng muhokama qilinib, ularning aksariyati joyida hal qilindi. Ijrosi qo‘shimcha muddat talab etadigan avtobus yo‘nalishi tashkil etish, yo‘nalishlarda transport vositalarini ko‘paytirish kabi murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha kerakli ishlar amalga oshirilishi belgilandi.