Buxoro shahrida jamoat transporti brutto-shartnoma tizimiga o‘tkazilmoqda.


Bugun transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-son qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, yo‘lovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirishni joriy etish yuzasidan dolzarb masalalar tashuvchilar ishtirokida muhokama etildi.
Tadbirkorlik subektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga brutto-shartnoma tizimi asosida qulay, xavfsiz va ishonchli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, shahar avtobus yo‘nalishlarida naqd pulga nisbatan elektron to‘lov qamrovini oshirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi. Brutto-shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish tartib-taomillari bo‘yicha Toshkent shahri misolida ko‘rgazmali vositalar yordamida tushuntirishlar berildi.