Profilaktik targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda
Buxoro shahrining Buxoro Avtoshox Bekatida, jamoat transporti yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan haydovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 636-sonli, 2024-yil 31-iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga avtomobil transportida yo‘lovchi va yuk tashish faoliyatini litsenziyalash hamda yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillashtirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" 465-sonli va 2003-yil 4-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi qarorlari hamda qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunlar to‘g‘risida, shuningdek yo‘lkira narxlarini oshirmaslik yuzasidan tegishli tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.