Shaharlararo yo'nalishlarda qo'shimcha qatnovlar tashkil etilmoqda


Yangi o‘quv yilining boshlanishi va “Mustaqillik kuni” bayrami munosabati bilan yo‘lovchilar oqimi ko‘payishini inobatga olib 5 sentabrga qadar VSh-701-sonli "Buxoro-Toshkent" avtobus yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar tashkil etildi, Jumladan:
—soat 05-00 dan 19-00 ga qadar har bir soatda;
—soat 19-00 dan 23-00 ga qadar har 30 minutda;
—soat 23-00 dan 00-00 qadar har 10 minutda avtobuslar qatnovi tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari 789-sonli "G‘ijduvon-Toshkent", 927-sonli "Qorako‘l-Toshkent", 1097-sonli "Shofirkon-Toshkent" yo‘nalishlarida, shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2024 yilning 5 sentabr kuniga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Avtobuslar chiptalarini avtoticket.uz saytida elektron tarzda xarid qilish mumkin.