"Keksalar haftaligi" tadbirlari o'tkazilmoqda

04.10.2024

Yurtimizda har yili oktyabr oyining 1-haftasida “Keksalar haftaligi” o'tkazib kelinmoqda. Joriy yilgi ushbu haftalikni yuqori saviyada o‘tkazish, haftalik davomida keksalarga qulayliklar yaratish maqsadida boshqarma tomonidan zaruriy choralar ko'rilmoqda.

Xususan, 2024-yil oktabr oyining 1-haftasi davomida sayohat qiluvchi keksalar uchun tashuvchilarning shahar atrofida qatnaydigan avtobus chiptalariga 20% gacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etilgan bo'lib, ushbu chegirmalardan foydalanish mumkinligini bildiramiz.