Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa

13.11.2024

Boshqarmada Transport vazirligi hamda Transport nazorati inspeksiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish va unga sharoit yaratib beruvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala ekanligi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar yechimi paydo bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi. 

 Transport vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Komilov so‘zga chiqib, barcha xodimlar eng avvalo korrupsiya illatiga qarshi o‘zida toqatsizlik va murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishi, o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi lozimligi yana bir bor aytib o‘tdi.

Tadbirda shuningdek, korrupsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvining shakllari, uning oqibatlari, shu jumladan tizimda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishning huquqiy asoslari va amaliy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 Bu kabi profilaktik tadbirlarning o‘tkazilishi tizim xodimlarining o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida sitqidildan xizmat qilishiga hamda transport tizimining “Korrupsiyadan holi tizimga aylanishi”ga zamin yaratadi.