Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalarining haydovchilari o‘rtasida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

24.12.2024

Boshqarma va Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Buxoro viloyat hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat hududida mavjud bo‘lgan avtoshohbekatlarda viloyatlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalarining haydovchilari o‘rtasida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Tadbirlarda yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, transport vositasi tezligini belgilangan me’yordan oshirmaslik, yo‘lovchi tashish qoidalariga to‘liq rioya etgan holda harakatlanish hamda yo‘lkira narxini sun’iy oshirilishini oldini olish kabi holatlarga asosiy e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, mazkur targ‘ibot tadbirlari viloyat hududida muntazam yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi haydovchilar o‘rtasida ham doimiy tarzda olib borilmoqda.