Sayyor qabul o'tkazildi

31.01.2025

Avval xabar berilganidek, bugun, 31 yanvar kuni boshqarma boshlig‘i Faxriddin Rajabov hamda Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Buxoro viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Alimovlar aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, ularni qiynab kelayotgan mavjud aniqlab, tezkorlik bilan bartaraf etish  maqsadida Qorako‘l tumanida fuqarolar sayyor qabulini o‘tkazdi.

 

Qabul davomida fuqarolarni transport sohasida qiynab kelayotgan muammolar batafsil o‘rganildi.

 

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar keng muhokama qilinib, ularning aksariyati joyida hal qilindi. Ijrosi qo‘shimcha muddat talab etadigan murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha kerakli ishlar amalga oshirilishi belgilandi.