DIQQAT TENDER!

2025-yil 02-iyun kuni soat 17-00 da Buxoro viloyatidagi yo'lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha quyidagi yo`lovchi tashish yo`nalishlarida elektron tarzda OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI. Tenderga quyidagi lotlar chiqarilgan.
1 242 Romitan bosh bekati-Chilong‘u
2 238 Romitan bosh bekati-Bahoriston
3 271 Romitan bosh bekati-Decha MFY Peshku orqali
4 332 Romitan bosh bekati-Tuman markaziy kasalxonasi
5 336 Qorako‘l bozori-Sher Saxiy buyum bozori
6 345 Romitan bosh bekati-Yomg‘ir q.
7 509 Olot bekati-Chorbakr bosh bekati
8 282 Yangi Mozor-Chorbakr bosh bekati
9 305 Jondor bekati-Bo‘ston
10 263 Shofirkon bekati-Arabxona
11 272 G‘ijduvon avtostansiyasi-Sarvari
12 350 Buxoro avtovokzali-G‘ijduvon avtostansiyasi
13 327 G‘ijduvon avtostansiyasi-Kichik nohiya
14 333 Vobkent avtostansiyasi-Xargo‘sh
15 334 Chorbakr bosh bekati-Demun q.
16 355 Buxoro avtovokzali-Romitan bosh bekati
17 335 G‘ijduvon avtostansiyasi-Kumushkent - Rozmoz
18 358 Buxoro avtovokzali-Xayrabotcha
19 359 Buxoro avtovokzali-Vobkent avtostansiyasi
20 460 Hazorman QFY-Jondor bekati
21 466 Yangi bozor-Gazprom
22 376 Xayrabotcha-G‘ijduvon avtostansiyasi
23 340 G‘ijduvon avtostansiyasi-Denov
24 341 Turkiston-Peshku bekati
25 382 Kogon avtostansiyasi-Katta Orgun
26 347 Vobkent avtostansiyasi-Yangibozor
27 450 Buxoro avtovokzali-Decha MFY
28 485 Olot bekati-Bojxona
29 354 Qavola Mahmud-Karvon buyum bozori
30 240 Romitan bosh bekati-Qo‘rg‘on
Viloyatdagi shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “SHahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e'lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak. Tender takliflarini yuborish uchun toʼlovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul oʼtkazish yoʼli bilan amalga oshirilishi lozim.
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: Buxoro viloyati Transport boshqarmasi.
Malumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(703), 90-744-69-60.