Diqqat e'lon!

05.06.2025

Qurbon hayiti bayrami kuni Brutto yo'nalishidagi jamoat transportlari Buxoro shahrida soat 4-00 dan ish boshlaydi

Yurtimizda joriy yilning 6-iyun kuni Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan aholiga qulayliklar yaratish, fuqarolarning Hayit namozini ado etish uchun masjidalarga o‘z vaqtida yetib olishlarini ta'minlash maqsadida Buxoro shahrida jamoat transportlari o‘z harakatini soat 4-00dan boshlaydi.

7 va 8-iyun kunlarida esa jamoat transportlari dam olish kunlari uchun belgilangan odatiy tartibda harakatlanadi.