Muhim sana!

23.06.2025

Har yili 23 iyun kuni dunyo miqyosida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Davlat xizmati kuni sifatida keng nishonlanadi.

Ushbu sana davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, shaffoflik va fidoyilikni targ‘ib qilish, shuningdek, davlat xizmatchilari faoliyatini e’tirof etishga, fuqarolarga xizmat ko‘rsatishdagi yuqori standartlarni taklif qilishga qaratilgan.

Mazkur bayram 2003 yilda BMT Bosh Assambleyasining 57-sessiyasida qabul qilingan rezolyusiya asosida joriy etilgan. Keyinchalik, Bosh Assambleyaning 60/34-sonli rezolyusiyasida ushbu kunda davlat xizmati sohasiga e’tiborni yanada kuchaytirish va uning yutuqlarini keng targ‘ib etish muhimligi alohida qayd etilgan.