Buxoro shahrida jamoat transportlari yo'nalishlarida yangi avtobuslar!

14.07.2025

Aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Buxoro viloyatiga yangi avtobuslar xarid qilindi.

"Progress Mega Trans" korxonasi tomonidan yo‘lovchi tashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish uchun Xitoy Xalq Respublikasining “Zhongtong Bus Holding Co., Ltd.” kompaniyasi bilan 24 dona zamonaviy avtobus xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

Bugungi kunga kelib mazkur avtobuslarning barchasi olib kelindi. Shu munosabat bilan shahar faollari va jamoatchilik vakillari ishtirokida avtobuslarni foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Yangi harakat tarkibi tez orada yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.