17-sonli avtobus yo'nalishi tashkil etildi.

2025-yil 18-iyuldan boshlab yangi 17-sonli “Chor-Bakr bosh bekati-Aeroport” yo‘nalishida Brutto-shartnoma asosida qatnovlar yo'lga qo'yildi.
Mazkur yo‘nalish Chor-Bakr bosh bekatidan boshlanib, Markaziy bozor orqali Ibn Sino ko'chasidan Dilkusho ko'chasi bo'ylab harakatlanib, shaharning ko'plab muhim nuqtalaridan Buxoro xalqaro aeroportida yakunlanadi.
Yo‘nalishda 12 ta zamonaviy ZhongTong rusumli, zamonaviy talablar asosida jihozlangan avtobuslar 9-10 daqiqalik interval asosida xizmat ko‘rsatadi.