Buxoro – Gazli yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Gazli shahridan Buxoro shahriga keluvchi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Buxoro-Gazli yo‘nalishida grafik asosida harakatlanuvchi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Qatnovlar "Alibek trans invest" korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Avtobuslar Karvon bozor bekatidan soat 6:00, 11:30, 14:00 va 18:00 da jo‘naydi.
Gazlida esa 6:30, 9:00, 14:30 va 17:00 harakatlanadi. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 25 000 so‘m etib belgilangan.