Buxoro shahrida yangi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

13.08.2025

Buxoro shahrida yangi 19-sonli “Karvon bozor-Karvon savdo majmuasi” yo‘nalishida brutto-shartnoma asosida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur yo‘nalish Karvon bozor bekatidan boshlanib, G'ijduvon ko'chasi orqali Ibn Sino ko‘chasidan shaharning Eski shahar qismi bo‘ylab harakatlanib, Buxoro savdo majmuasi va shaharning ko‘plab muhim nuqtalaridan o‘tadi hamda Karvon savdo majmuasi (Bukhara city) da yakunlanadi.

Yo‘nalishda 12 ta zamonaviy ZhongTong rusumli yangi olib kelingan avtobuslar 9-10 daqiqalik interval bilan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.