Buxoro viloyatiga 12 dona «YUTONG» avtobuslari olib kelindi

20.08.2025

Buxoro viloyatiga 12 dona «YUTONG» avtobuslari olib kelindi

Viloyatda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, «Miramax turist trans» MChJ tomonidan Xitoy davlatidan 12 dona «YUTONG» avtobuslari xarid qilindi.

Mazkur avtobuslar tez orada Buxoro shahar avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Buxoro shahridagi 6 ta yo‘nalishda 72 ta avtobus brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.