Buxoro shahrida 1-sonli "Buxoro avtoshox bekati-Zarmanoq" yangi avtobus yo‘nalishida harakat tashkil etilmoqda.

21.08.2025

Buxoro shahrida yangi 1-sonli “Buxoro avtoshox bekati-Zarmanoq” yo‘nalishida brutto-shartnoma asosida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Hozirda ushbu yo'nalish bo'yicha tender tanlovlari o'tkazilgan va tender g'olibi aniqlangan bo'lib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari olib borilmoqda. Yaqin kunlarda barcha tender jarayonlari yakunlanib, yo'nalishda qatnovlar tashkil etiladi.

Mazkur yo‘nalish Buxoro avtoshox bekatidan boshlanib, G'ijduvon ko'chasi orqali Ibn Sino ko‘chasidan harakatlanib, Buxoro savdo majmuasi, BuxDU orqali Piridastgir ko'chasi va shaharning ko‘plab muhim nuqtalaridan o‘tadi hamda Zarmanoq mahallasida yakunlanadi.

Yo‘nalishda 14 ta zamonaviy yangi avtobuslar 9-10 daqiqalik interval bilan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.