Mahallarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek transport sohasiga oid masalalar yuzasidan sayyor qabul o'tkazildi


Avval xabar berilganidek, bugun, 18 sentyabr kuni Transport vazirligi va boshqarma mas'ullari tomonidan mahallarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, ularni qiynab kelayotgan mavjud aniqlab, tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida Romitan tuman Mug'oncha MFY da fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarni turli sohalarda qiynab kelayotgan muammolar batafsil o‘rganildi. Bir qator murojaatlar joyida hal etildi, ijrosi vaqt talab etadigan murojaatlarni hal etish bo'yicha aniq choralar belgilab olindi.