Sayyor qabul

18.09.2025

Diqqat e’lon!

Fuqarolarning transport sohasiga oid muammolarini joyida o'rganish va samarali yechim topish maqsadida boshqarma mas'ul xodimlari tomonidan 19-sentyabr soat 11:00 da G'ijduvon tuman G'ovshin MFY binosida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Qabulda barcha fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savol va muammoli masalalari yuzasidan ishtirok etishlari mumkin.