Mahallarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek transport sohasiga oid masalalar yuzasidan sayyor qabul o'tkazildi

19.09.2025

Avval xabar berilganidek, bugun, 19 sentyabr kuni Transport vazirligi, viloyat Transport boshqarmasi va Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Buxoro viloyat hududiy bo'limi mas'ullari tomonidan mahallarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, ularni qiynab kelayotgan mavjud aniqlab, tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida G'ijduvon tuman G'ovshin MFY da fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarni turli sohalarda qiynab kelayotgan muammolar batafsil o‘rganildi. Bir qator murojaatlar joyida hal etildi, ijrosi vaqt talab etadigan murojaatlarni hal etish bo'yicha aniq choralar belgilab olindi.