Avtomobil transportida yo'lovchi va yuk tashish bilan shug'ullanayotgan tashuvchilar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.


Avtomobil transportida yo'lovchi va yuk tashish bilan shug'ullanayotgan tashuvchilar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Bugun, 25 sentyabr kuni Buxoro shahrida Transport-logistika va infratuzilma yo‘nalishi bo‘yicha ishchi guruhi va avtomobil transportida yo'lovchi va yuk tashish bilan shug'ullanayotgan tashuvchilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda avtomobil transportida yo'lovchi va yuk tashuvlari jarayonida milliy tashuvchilarni qiynayotgan muammolar, ularga qulaylik yaratish maqsadida sohadagi raqamlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo'yicha zaruriy choralar ko'rilishi belgilandi.