Shahar yo'lovchi transportida yo'l kira narxi o'zgardi

26.09.2025

Buxoro viloyat hokimining 2025 yil 19 sentabrdagi 45-2-0-Q/25-son qaroriga asosan, Buxoro va Kogon shaharlarida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transport (avtobus va yo‘nalishli taksi) larida  yo‘lovchilar tashish xizmatlarining bir martalik cheklangan tarifi (yo‘l kira haqi) 3000 (uch ming) so‘m etib belgilandi.

Bunda elektron to'lov uchun alohida rag'batlantiriladian to'lovlar va vaqtga bog'langan tariflar joriy etildi.

Jumladan, bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) so‘m, bir yo‘lovchi qatnovi uchun 1 (bir) martalik to‘lov elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilganda rag‘batlantiruvchi chegirma qo‘llanilgan holda – 2 000 (ikki ming) so‘m etib belgilandi.

Bundan tashqari elektron to‘lovlarni amalga oshirishda amaldagi kunlik va oylik tariflarga qo‘shimcha ravishda qatnovlar sonidan kelib chiqib, ko‘p martali tarif rejalari mazkur qarorning 1-ilovasiga, elektron to‘lov tizimlari (transport kartalari)dan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli tariflar miqdori esa qarorning 2-ilovasiga muvofiq belgilandi.

Shunga ko‘ra to‘lovlar transport kartalari orqali amalga oshirilganda va vaqtga bog‘langan tarif rejalari quyidagi miqdorda tasdiqlandi:

-1 soat ichida dastlabki to‘lov 2000 so‘mni ((imtiyozli transport kartalaridan foydalanuvchilar (pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlar o‘quvchilari) uchun 50% chegirma hisobga olgan holda 1000 so‘m), ikkinchi avtobusdagi to‘lov 1500 so‘mni ((imtiyozli transport kartalaridan foydalanuvchilar (pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlar o‘quvchilari) uchun 50% chegirma hisobga olgan holda 500 so‘m), uchinchi avtobusda esa mutlaqo bepul etib belgilandi.