2 -sonli va 17-sonli avtobus yo'nalishlari uzaytirilmoqda.

Chop etish Sahifani ulashish
30.09.2026 18 Yangiliklar

2-sonli avtobus yo‘nalishi harakati Tutkunda aholi punktiga qadar, 17-sonli avtobus yo‘nalishi harakati 20-sonli maktabga qadar uzaytiriladi.

Jamoat transporti foydalanuvchilari uchun qulayliklar yaratish maqsadida 2026-yil 1-oktyabr kunidan boshlab 2-sonli "Buxoro ASHB—Sitora bozori" shahar avtobus yo‘nalishi Tutkunda aholi punktiga qadar uzaytirilmoqda.

Yo‘nalishda 14 ta “Asia star” rusumli avtobuslar xizmat ko‘rsatadi. Avtobuslarda elektron to‘lov tizimi mavjud.

Bundan tashqari 2026-yil 01-oktyabr kunidan boshlab 17-sonli "Aeroport—Chor-Bakr bosh bekati" shahar avtobus yo‘nalishi 20-sonli maktabga qadar uzaytirilmoqda.

Yo‘nalishda 10 ta “Zhong Tong” rusumli avtobuslar xizmat ko‘rsatadi. Avtobuslarda elektron to‘lov tizimi mavjud.

Hurmatli yo‘lovchilar! Jamoat transportida yo‘lkira haqini elektron tarzda to‘lang hamda uning rivoji uchun hissangizni qo‘shing!