21-sonli yangi avtobus yo'nalishi tashkil etildi.

Chop etish Sahifani ulashish
20.10.2026 23 Yangiliklar

Buxoro shahrini Xumin mahallasi bilan bog'lovchi 21-sonli "Chor-Bakr bosh bekati-Xumin" halqa yo‘nalishda transport vositalari harakati tashkil etildi.

Buxoro shahri va shaharning yondosh hududlarida aholini jamoat transporti bilan ta’minlash maqsadida 2026-yil 20 oktyabr kunidan boshlab 21-sonli “Chor-Bakr bosh bekati-Xumin” shahar avtobus yo‘nalishida avtobuslar harakati tashkil etildi.

Yo‘nalish Chor-Bakr bosh bekatidan boshlanib, Zarafshon trakti ko'chasi, “Markaziy bozor”, S.Murodov, Ibn-Sino ko'chalari orqali Bolalar kasalxonasidan harakatlanib, “I.Karimov” ko'chasi, Buxoro savdo majmuasi, Buxoro davlat texnika universtiteti, Piridastgir ko'chasi orqali shaharning bir qancha muhim nuqtalaridan o'tib, To'qimachi dehqon bozori orqali Xumin mahallasida yakunlanadi.

Yo‘nalishda 19 ta yangi “Zongtong” rusumli avtobuslar xizmat ko‘rsatadi. Avtobuslarda elektron to‘lov tizimi mavjud.

Hurmatli yo‘lovchilar! Jamoat transportida yo‘lkira haqini elektron tarzda to‘lang hamda uning rivoji uchun hissangizni qo‘shing!