31-iyul kuni Kogon shahrida sayyor qabul o'tkaziladi

Chop etish Sahifani ulashish
30.07.2026 27 Yangiliklar

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning transport va yo'l xo‘jaligi sohasida mavjud muammolarni aniqlash hamda hal etish maqsadida ertaga 31-iyul kuni soat 11:00 da Buxoro viloyat transport boshqarmasi boshlig'i N.Qiyomov tomonidan Kogon shahrida sayyor qabul o‘tkaziladi.  

Qabul davomida fuqarolarning transport, yo‘l xo‘jaligi va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari, shaxsiy va umumiy murojaatlari, soha bo‘yicha muammo, taklif va mulohazalari bevosita tinglanadi hamda ularni joyida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.


Manzil: Kogon shahar Xalq qabulxonasi binosi 
Lokatsiya: https://maps.google.com/maps?q=39.731574,64.536641&ll=39.731574,64.536641&z=16
Murojaatlar uchun telefon: (65) 228-48-90