7-sonli brutto avtobus yo'nalishi harakatiga o'zgartirish kiritiladi

Chop etish Sahifani ulashish
27.10.2026 11 Yangiliklar

Joriy yilning 27-oktyabr kunidan Buxoro shahrining Ibrohim Mo'minov ko‘chasi hamda boshqa ko‘chalarda ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan transport vositalari harakatiga cheklovlar kiritilayotganligini inobatga olib, 7-sonli "Moxi Xossa qo'rg'oni - 5-kichik nohiya (Sof med)” avtobus yo‘nalishida avtobuslar harakati muqobil ko'chalar orqali tashkil etilishini bildiramiz.