8-sonli, 10-sonli, 15-sonli va 17-sonli avtobus yo'nalishlari harakati o'zgartiriladi.

Chop etish Sahifani ulashish
20.10.2026 9 Yangiliklar

Yo'lovchilar uchun muhim ma'lumot!

Joriy yilning 21-sentyabr kunidan boshlab, Buxoro shahrining Gazli shox, Cho'lpon va Dilkusho ko'chalarida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli transport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklanmoqda.

Shundan kelib chiqib, brutto - shartnomasi asosida faoliyat olib borayotgan 8-sonli "Buxoro ASHB-Udurg'i aholi punkti", 10-sonli "Alpomish ko'chasi-Safkarda", 15-sonli "Madaniyat bosh bekati-G'urbincha" va 17-sonli "Aeroport-Chor-Bakr bosh bekati" avtobus yo'nalishlari harakati cheklovlar davrida muqobil yo'llar orqali tashkil etlilishini bildiramiz.