Avtobuslar harakatiga o'zgarishlar kiritilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
18.04.2026 171 Yangiliklar

2026-yil 18-aprel kuni Buxoro shahrining qator ko'chalari, jumladan Xo'ja Nurobod, Abu Xavf kabr, Ibn Sino, Cho'lpon, Fayziobod, I.Karimov, B.Naqshband va Mehtar Ambar ko'chalarida transport vositalari harakati cheklovlar kiritilmoqda.

Shundan kelib chiqib, Buxoro shahrida brutto shartnoma asosida harakatlanuvchi 2-sonli "Buxoro ASHB-To'qimachi bozori", 5-sonli "To'qimachi bozori-Markaziy bozor", 10-sonli "Alpomish ko'chasi-Shayxon" va 17-sonli "Aeroport-Chor-Bakr bosh bekati" avtobus yo'nalishlarining harakat sxemasiga o'zgartirish kiritilishini ma'lum qilamiz.