0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Hozirda Buxoro shahar ko'chalarida doimiy ravishda ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan transport vositalari harakati cheklovlar kiritilmoqda. Shundan kelib chiqib, Buxoro shahrida brutto shartnoma asosida harakatlanuvchi barcha 9 ta, ya'ni 1-sonli, 2-sonli, 5-sonli, 10-sonli, 13-sonli, 15-sonli, 17-sonli, 19-sonli va 33-sonli avtobus yo'nalishlarining yo'nalish sxemasida nazarda tutilgan ko'chalarda ta'mirlash o'tkazilgan vaqtlarda, mazkur yo'nalishlar harakati zaruratdan kelib chiqqan holda muqobil ko'chalar orqali tashkil etilishini bildiramiz.
