0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Buxoro shahridagi jome’ masjidlarida “Taroveh” namozlari munosabati bilan, 18 fevraldan 19 martga qadar har kuni soat 18:00 dan 24:00 gacha “Fayzobod” masjidiga olib boruvchi “Ibn Sino” ko‘chasining “Dilkusho” ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan “Oq masjid” (2524-avtojamlanma) ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha;
“Dilkusho” masjidiga olib boruvchi “Dilkusho” ko‘chasining “Ibn Sino” ko‘chasi bilan kesishgan qismidan “Xalqobod” ko‘chasi (“Dilkusho” dehqon bozori) bilan kesishgan qismigacha;
“Bolo hovuz” masjidiga olib boruvchi “Abu Hafs Kabir” ko‘chasining “M.Karim” ko‘chasi bilan kesishgan qismidan “Xo‘ja Nurobod” ko‘chasi (aylanma harakatdan 6-maktabga burilish) bilan kesishgan qismigacha;
“Abu Hafs Kabir” (Hazrati Imom) masjidiga olib boruvchi “Abu Hafs Kabir” ko‘chasining “Ibn Sino” ko‘chasi (“Raymag” aylanma harakati) bilan kesishgan qismidan “Vobkent” ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha;
“Volidai Abdulazizxon” masjidiga olib boruvchi “Havzi Nav” ko‘chasining “M.Iqbol” ko‘chasi bilan kesishgan qismidan “Jo‘ybor” ko‘chasi (“Trikotaj” chorrahasi) bilan kesishgan qismigacha;
“Umar Ibn Xattob” masjidiga olib boruvchi “Alpomish” ko‘chasi bo‘ylab;
“Piridastgir” masjidiga olib boruvchi “Piridastgir” ko‘chasi bo‘ylab;
“Sayfiddin Boxarziy” masjidiga olib boruvchi “Zulfiya” hamda “I.Mo‘minov” ko‘chalari bo‘ylab masjidlar va ularga tutash ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanishini inobatga olib, Buxoro shahrida brutto-shartnoma asosida harakatlanuvchi avtobus yo’nalishlari sxemasiga vaqtinchalik o’zgartirishlar kiritiladi.
