Brutto yo'nalishi avtobuslari harakatiga o'zgartirish kiritilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
27.03.2026 11 Yangiliklar

          2026-yil mart oyida Buxoro shahrida o'tkazilayotgan bayram tadbirlari va mehmonlar tashriflari munosabati bilan shaharning ayrim ko'chalarida transport vositalari harakatiga cheklovlar kiritilmoqda.

           Shundan kelib chiqib, Buxoro shahrida brutto shartnoma asosida harakatlanuvchi barcha 9 ta, ya'ni 1-sonli, 2-sonli, 5-sonli, 10-sonli, 13-sonli, 15-sonli, 17-sonli, 19-sonli va 33-sonli avtobus yo'nalishlarining yo'nalish sxemasida nazarda tutilgan ko'chalarda ta'mirlash o'tkazilgan vaqtlarda, mazkur yo'nalishlar harakati zaruratdan kelib chiqqan holda muqobil ko'chalar orqali tashkil etilishini bildiramiz.