Buxoro avtoshox bekatida yo'lovchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi

Chop etish Sahifani ulashish
02.04.2026 9 Yangiliklar

Buxoro avtoshox bekatida shaharlararo-viloyatlararo yo'nalishlardan foydalanuvchi yo'lovchilar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etildi.

Jumladan, yo'lovchilar uchun avtobusga chiqish joylari yangilandi, qatnovlar to'g'risida jonli tarzda e'lon qilib borish yo'lga qo'yildi va ushbu ma'lumotlarni real vaqt rejimida taqdim etuvchi monitorlar o'rnatildi. Bundan tashqari yo'lovchilarning yuklarini ro'yxatdan o'tkazish tizimi takomillashtirildi, bu esa yuklarning almashib qolishi yoki yo'qolishining oldini olishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun, hozirda Buxoro avtoshox bekati orqali 701-sonli "Buxoro-Toshkent" yo'nalishida zamonaviy Yutong rusumli avtobuslarda har kuni 10 ta qatnov amalga oshirib kelinmoqda.