Buxoro shahrida 8-sonli "Buxoro avtoshox bekati- Udurg'i aholi punkti" yangi avtobus yo‘nalishida harakat tashkil etildi.

Chop etish Sahifani ulashish
15.07.2026 50 Yangiliklar

Buxoro shahrida yangi 8-sonli “Buxoro avtoshox bekati-Udurg'i aholi punkti” yo‘nalishida brutto-shartnoma asosida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Mazkur yo‘nalish Buxoro avtoshox bekatidan boshlanib, Gazli shox ko'chasi orqali Chorbog'xossa ko‘chasidan harakatlanib, Buxoro markaziy bozori, Ark qo'rg'oni, viloyat kasalxonasi, BuxDU orqali Piridastgir ko'chasi va shaharning ko‘plab muhim nuqtalaridan o‘tadi hamda Udurg'i mahallasida yakunlanadi.

Yo‘nalishda 10 ta yangi Yutong rusumli avtobuslar 9-10 daqiqalik interval bilan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Barcha avtobuslar sovutish tizimi, elektron to'lov validatori, shinam salon va ko'plab qulayliklarga ega.