0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Buxoro shahrida yangi avtobuslar aholi xizmatiga topshirildi
Shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirish maqsadida xorijdan zamonaviy avtobuslar olib kelish ishlari izchil davom etmoqda.
Jumladan, Buxoro shahrida zamonaviy jamoat transportini rivojlantirish yo‘lidagi muhim loyiha doirasida 76 ta yangi "Yutong" va "Zongtong" rusumidagi avtobuslar aholi xizmatiga topshirildi.
Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov, nuroniylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yangi avtobuslarning shahar yo‘nalishlarida faoliyat boshlashiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi va avtobuslar taqdimoti o'tkazildi.
Ma'lumot uchun, hozirda Buxoro shahrida brutto-shartnoma tizimida xizmat ko‘rsatuvchi 9 ta avtobus yo‘nalishida 109 ta harakatlanmoqda.
