Buxoro shahriga 25 ta yangi avtobuslar olib kelindi  

Chop etish Sahifani ulashish
06.02.2026 25 Yangiliklar

 Viloyatda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, Buxoro shahar jamoat transporti tizini rivojlantirish va qamrovini kengaytirish maqsadida xorijdan zamonaviy avtobuslar olib kelish ishlari izchil davom etmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida “Bux pit stop” MCHJ tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan Yutong rusumli 25 ta zamonaviy avtobus olib kelindi.

Bugun, 6 fevral kuni viloyat hokimi Botir Zaripov, nuroniylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yangi avtobuslarning shahar yo‘nalishlarida faoliyat boshlashiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi va avtobuslar taqdimoti o'tkazildi.   

Mazkur avtobuslar tender tanlovlari asosida Buxoro shahridagi 13-sonli “Madaniyat bosh bekati-To’qimachi bosh bekati” va 15-sonli “Markaziy bozor-G’urbincha” avtobus yo‘nalishlarga joylashtirilib, brutto-shartnoma asosida aholiga sifatli va qulay transport xizmati ko‘rsatishni boshlaydi.

 

Ma’lumot uchun: 2023–2025-yillar davomida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan Yutong va ZongTong rusumli zamonaviy avtobus olib kelingani hisobiga brutto shartnomasi asosida 7 ta yo‘nalishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur avtobuslar bilan Buxoro shahrida brutto-shartnoma asosida xizmat ko’rsatayotgan yo’nalishlar soni 9 taga va avtobuslar soni 109 taga yetdi.

 

Joriy yil yakuniga qadar tashuvchi korxonalar tomonidan xarid qilinadigan avtobuslar sonini 100 tadan oshirish rejalashtirilgan.