0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga, iqtisodiy barqarorlikka hamda aholining adolatga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xavfli illatlardan biri hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, transport sohasida korrupsiyaviy holatlarga chek qoʻyish, shaffoflik va ochiqlikni kuchaytirish maqsadida boshqarma xodimlari ishtiokida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda korrupsiyaning har qanday holatlari haqida xabar berganlik ragʻbatlantirilishi hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Shu bilan birga, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
