0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
2026-yil 5-oktyabr kunidan boshlab 2-sonli va 33-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati "Karvon shopping" savdo markazi orqali yangidan tashkil etildi.
"Karvon shopping" savdo markaziga tashrif buyuruvchi yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2-sonli va 33-sonli avtobus yo‘nalishlari sxemasiga o'zgartirish kiritildi va harakat "Karvon shopping" savdo markazi orqali yangidan tashkil etildi.
Bunda 2-sonli yo'nalish Karvon bozoriga borish harakat yo'nalishi davomida Mustaqillik ko'chasi (Nihol aylanmasi)dan Zulfiya ko'chasi orqali Karvon shopping savdo markaziga kirib, M.Iqbol ko'chasi orqali avvalgi harakat yo'nalishini, Tutkunda MFY ga borish harakat yo'nalishi davomida M.Iqbol ko'chasidan Karvon shopping savdo markaziga kirib, Zulfiya ko'chasi orqali Mustaqillik ko'chasida avvalgi harakat yo'nalishini davom ettiradi.
33-sonli yo'nalish esa Trikotaj yo'nalishiga/dan M.Iqbol ko'chasi orqali Karvon shopping savdo markaziga kirib, yana ushbu ko'cha orqali va Mustaqillik ko'chasi orqali o'zining avvalgi harakat yo'nalishini davom ettiradi.
Ushbu yo‘nalishlarda avvalgidek “Asia star” va "ZhongTong" rusumli avtobuslar xizmat ko‘rsatadi. Avtobuslarda elektron to‘lov tizimi mavjud.
Hurmatli yo‘lovchilar! Jamoat transportida yo‘lkira haqini elektron tarzda to‘lang hamda uning rivoji uchun hissangizni qo‘shing!
