0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 276-sonli qaroriga ko'ra 1-sentyabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida yo'l kira haqini validator bilan jihozlangan avtobusga chiqish vaqtida to'lash shartligi belgilangan.
Ayni masalada Buxoro shahridagi 4-sonli, 5-sonli, 8-sonli 17-sonli, 19-sonli va 33-sonli avtobus yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Buxaravneshservis” MChJ va "Progress mega trans" MCHJ larda korxona rahbariyati hamda haydovchilar ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda haydovchilarga mazkur yangi tartib bo'yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, tashuvlarda mas’uliyatni oshirish, amaldagi qonunchilik va belgilangan talablarning qat’iy bajarilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda yo‘lkira haqini elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etilganiga qaramay, ayrim haydovchilar tomonidan naqd pul qabul qilish holatlari kuzatilayotgani qattiq tanqid qilindi.
