Jamoat transportida xizmat ko'rsatish sifati va elektron to‘lov tizimi bo'yicha profilaktika hamda nazorat olib borilmoqda.

Chop etish Sahifani ulashish
10.09.2026 9 Yangiliklar

Xabaringiz bor, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida yo‘lkira haqini to‘lashning yangi tartibi joriy etildi. 

Yangi tartibga ko‘ra yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart etib belgilandi.

Yo‘lkira haqi transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish, shuningdek bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz to‘lov vositalari orqali to‘lanadi.


Yo'lovchilar bilan ushbu masalarda profilaktik tushuntirish tadbirlari olib borilmoqda. Bundan tashqari avtobuslarda yo'l kira haqini validator bilan jihozlangan avtobusga chiqish vaqtida to'lash lozimligi to'g'risida tayyorlangan materiallar eshittirilmoqda.

“Buxoro yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan avtobuslarda to‘lov madaniyatini oshirishga qaratilgan nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Hurmatli yo'lovchilar, agar yo‘l haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmasa (yoki imtiyozini tasdiqlatmagan holda), yo‘lovchi chiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari "Sirli mijoz” reydlari o‘tkaziladi: Aholi murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi e’tirozlar asosida transport xizmati sifatini oshirish uchun “Sirli mijoz” monitoringi yo‘lga qo‘yiladi.