0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Buxoro shahar jamoat transportida yo'l kira haqini naqd pulsiz to‘lash tizimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Buxoro viloyat hokimining 2026-yil 24-yanvardagi 30-2-0-Q/26-sonli qarori bilan Buxoro shahar jamoat transportida bosqichma-bosqich yo'l kira haqini naqd pulsiz to'lash tizimini joriy etish belgilandi.
1. Hozirda yo‘l kira haqi miqdori:
Buxoro shahar avtobuslarida – 3000 so‘m.
ATTO elektron to‘lov tizimi orqali to‘langanda – 2000 so‘m (rag‘batlantiruvchi chegirma bilan).
2. Naqd pulsiz to‘lov tizimini joriy etish bosqichlari:
1-bosqichda 2026-yil 1-fevraldan: 1-sonli “Buxoro ASHB - Zarmanoq”, 2-sonli “Buxoro ASHB-Sitora bozor”, 5-sonli “F.Xo‘jayev MFY-To‘qimachi bosh bekati”, 10-sonli “Alpomish ko‘chasi-Shayxon MFY”, 17B-sonli “Chorbakr bosh bekati-Aeroport”, 19-sonli “Karvon bozori-Karvon shopping” hamda 33-sonli “Trikotaj fabrikasi-Moxi xossa sanatoriysi” avtobus yo‘nalishlarida;
2-bosqichda 2026-yil 1-apreldan qolgan harakatdagi mavjud yo‘nalishlarda yo‘l kira haqi faqat naqd pulsiz to‘lash tizimi amaliyoti joriy etiladi.
Mazkur tartib yo‘lovchilar uchun qulay, shaffof va zamonaviy to‘lov tizimini yaratish hamda jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan.
