Mahalliy yo'nalishlarda qo'shimcha aviareyslar tashkil etilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
19.03.2026 19 Yangiliklar

Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan rezident aviakompaniyalar tomonidan mahalliy yo'nalishlarda 24 ta qo‘shimcha avia reyslar tashkil etiladi.

Xususan, 19 – 24 - mart kunlari davomida Uzbekistan airways, Silk avia hamda Centrum air aviakompaniyalari Toshkentdan Buxoroga ham qo‘shimcha reyslarni bajaradi.

Qolaversa, aholining avia qatnovlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Uzbekistan airways avia kompaniyasi 19 va 20-mart kungi Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlarni yo‘lovchi sig‘imi katta bo‘lgan Boeing -763 havo kemasida bajaradi (Airbus A 320 o‘rniga).

Eslatib o‘tamiz, qo‘shimcha dam olish kunlarini inobatga olgan holda, “Uzbekistan airways” AJ tomonidan 2026-yil 20-martdan 23-martgacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladigan respublika ichidagi aviaqatnovlarning ekonom va biznes-klass tariflariga 15% miqdorida chegirmalar e’lon qilindi.

Chegirmali aviachiptalar sotuvi 2026-yil 17-martdan 23-martgacha “Uzbekistan airways” AJning “Uzbekistan airways sales” filiali, uning agentlari hamda www.uzairways.com veb-saytida amalga oshiriladi.