Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevralda O‘RQ-1118-son Qonuni qabul qilindi.

Chop etish Sahifani ulashish
26.02.2026 66 Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevralda "Ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida" O‘RQ-1118-son Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun bilan endilikda Avtomobil, suv, temiryo‘l, metropoliten hamda yo‘l xo‘jaligi sohalarida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va inspektorlari haqliligi belgilangan.

Shuningdek, Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil transportida nazorat hududiy bo‘limlari tomonidan MJtKning 125-moddasining toʻrtinchi va sakkizinchi qismlarida, 125/1-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 125/2, 125/4-moddalarida, 144-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 145-moddasining ikkinchi qismida, 146/1-moddasida, 176/3, 176/4-moddalari nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqli etib belgilandi.