Shahar jamoat transportida yo'l kira haqini to'lash bo'yicha yangi tizim joriy etildi

Chop etish Sahifani ulashish
04.09.2026 2 Yangiliklar

Ma’lumki, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Buxoro shahar jamoat transportlarida yo‘lkira haqini avtobus saloniga kirishda to'lash shart etib belgilangan hamda naqd pulda haydovchiga to‘lash amaliyoti bekor qilingan.

Ayni masalalarda boshqarma xodimlari tomonidan avtosaroylarda hamda aholi ko'p to'planadigan joylarda haydovchilar va yo'lovchilar bilan doimiy profilaktik targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

Eslatma: yo‘lkira haqini naqd pulda to‘lab, safar uchun asoslovchi elektron yoki QR-kodli chipta olmagan hamda avtobusga chiqishda yo'l kira to'lamagan yo‘lovchi nazorat vaqtida javobgarlikka tortilishi mumkin.

Shuning uchun:
yo‘lkira haqini elektron tarzda to‘lang;
yoki QR-kodli chipta xarid qiling.

Jamoat transportidan foydalanishda belgilangan tartiblarga rioya qilish — har birimizning mas’uliyatimiz.

Yo‘lkirangizni to‘g‘ri to‘lang — xavfsiz va qulay harakatlaning!