0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Yurtimizda Ramazon hayiti va Navro'z bayramida dam olish kunlari e'lon qilinishi munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida "Toshkent-Buxoro", "Toshkent-Shofirkon", "Toshkent-G'ijduvon", "Toshkent-Qorako'l" va "Toshkent-Vobkent" avtobus yo‘nalishlarida qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, 2026-yilning 19-mart kunidan boshlab "Toshkent-Buxoro” yo'nalishida qo'shimcha 10 ta, "Toshkent-Shofirkon" yo'nalishida 4 ta, "Toshkent-G'ijduvon" yo'nalishida 6 ta, "Toshkent-Vobkent" yo'nalishida 4 ta, "Toshkent-Qorako'l" yo'nalishida qo'shimcha 4 ta avtobus qatnovi yo'lga qo'yildi.
Chiptalarni elektron tarzda (https://avtoticket.uz/) va avtoshoxbekatlardagi kassalar orqali xarid qilishingiz mumkin.
Boshqarmaning ishonch telefoni 65-228-48-90.
