Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
16.12.2025 10 Yangiliklar

Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.

Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvarga qadar amal qiladi.

Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti va Android  va iOS ilovalaridan foydalanishingiz mumkin.