0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Har bir kasbning oʻz oʻrni va masʼuliyati bo'lgani kabi aholining uzog‘ini yaqin, ogʻirini yengil qilib, har kuni tongdan tungacha xalq xizmatida bo'lib kelayotgan transport sohasi xodimlari ham e'tirofga loyiq.
Soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini e'tirof etish uchun viloyat Transport boshqarmasida ma’naviy tadbir tashkil etildi. Unda uzoq yillardan buyon sohada xizmat ko‘rsatib kelayotgan, mashaqqatli mehnati orqali yo‘lovchilar hurmatiga sazovor bo‘lgan soha faxriylari va ayni kunlarda xalq xizmatida bo‘lgan bir guruh fidoiy transportchilar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining faxriy yorliq va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i Faxriddin Rajabov so‘z olib, soha xodimlarining mintaqadagi transport tizimini rivojlantirishdagi hissasi alohida e’tirof etdi. Avtomobil transporti xodimlarining fidokorona mehnati tufayli Samarqand shahri va viloyatida yo‘lovchi hamda yuk tashish tizimining uzluksiz ishlashi, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.
