0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Transport sohasi "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi ishtirokchilari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida Transport sohasi yo‘nalishida "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Transport vazirligi hamda transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari va tarmoq korxonalari hamkorligida tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazmada transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etiladi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari, butlovchi qismlari, texnologik yechimlari va import o‘rnini bosuvchi ishlanmalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tadbir doirasida davlat xaridlari, mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasi, investitsiyalar, logistika va yangi ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha amaliy uchrashuvlar hamda B2B va B2G muloqotlar tashkil etiladi.
