Boshqarma tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti
Hisobot davrida 5 ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tashkil etildi va ularning harakat sxemalari optimallashtirildi. Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron axborot tizimi orqali 6 ta ochiq tender tanlovlari o‘tkazildi. Mazkur ochiq tender tanlovlari jami 158 ta yo‘nalishlar tanlovga joylashtirilgan bo‘lib, yakuniy natijalarga asosan 62 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ommaviy oferta shartnomalari imzolandi.
Avtotransport parkini yangilash tadbirlari doirasida jami 8 ta avtobus va 12 ta mikroavtobuslar olib kelindi. Ushbu avtobus va mikroavtobuslar siqilgan tabiiy gazda ishlash uchun jihozlangan bo‘lib, ekologik toza hisoblanadi, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. 2024-yilda Buxoro shahar yo‘nalishlarining yangi tarmog‘i ishlab chiqildi hamda boshqarma huzurida Markazlashgan dispetcherlik xizmati “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” Davlat muassasasi tashkil etilib, zaruriy infratuzilma va malakali xodimlar bilan ta’minlandi. Muassasada yo‘nalishdagi transportlarning shartnoma talablariga rioya etishi, qatnovlarni to‘g‘liq va sifatli bajarishi kabi omillar nazorat qilib borilmoqda. “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ huzuridagi Loyiha ofisi tomonidan Buxoro shahri yo‘l va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Transport modeli ishlab chiqish ishlari yakunlandi. Loyihaning asosiy maqsadi Buxoro shahar avtobus transporti tarmog‘ining loyihasi shahar transport infratuzilmasini yaxshilash, jamoat transportidan barcha fuqarolarning foydalanish imkoniyatini ta’minlash va ko‘cha-yo‘l tarmog‘iga tushadigan yuklamani kamaytirish hisoblanadi.
2024-yilda 30 tа bekatlarida qurilish va ta'mirlash ishlari olib borilishi tashkil etildi.